“Universiada” sport musobaqalari g‘oliblariga “Prezident sovg‘asi” tantanali topshirildi30-may kuni
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sport majmuasida “Universiada” sport musobaqalarining final bosqichi g‘olib va sovrindori bo‘lgan talabalarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari
Zulayho Mahkamova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri
Qo‘ng‘irotboy Sharipov, Sport vaziri
Adham Ikromov, Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi
Muxtorxon Toshxo‘jayev hamda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi
Oybek Qosimov, hamkor vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, talabalar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
“Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan “Odamlarni dori bilan emas, jismoniy faollik bilan davolash kerak” degan tamoyil “Universiada” sport musobaqalarida ham o‘z ifodasini topdi.” — dedi vazir Q.Sharipov o‘z nutqida.
Musobaqalar
17 ta sport turi bo‘yicha o‘tkazildi. Hududiy bosqichlarda
43 470 nafar, final bosqichlarda esa 3 052 nafar talaba, shundan 1 027 nafari qizlar ishtirok etdi.
Yakunda
umumjamoa hisobida
🥇-o‘rin – Toshkent viloyati jamoasiga,
🥈-o‘rin – Buxoro viloyati jamoasiga,
🥉-o‘rin – Toshkent shahri jamoasiga nasib etdi.
G‘olib jamoalar tantanali marosimda
“Prezident sovg‘asi” bilan taqdirlandi.
#Taqdirlash #Universiada #PrezidentSovgʻasi #SportOyligi
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram