SPORT KUNI – YAXSHI AN’ANA SIFATIDA!
Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar institutida har shanba kuni sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportni ommalashtirish maqsadida “Jismoniy faollik – Sport kuni” muntazam tarzda o‘tkazib kelinmoqda.
Yaxshi an’anaga aylangan ushbu tashabbus doirasida har shanba, dars mashg‘ulotlaridan so‘ng, institutning professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlari stol tennisi, voleybol, futbol kabi sport turlari bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Joriy yilning 31-may kuni, navbatdagi “Sport kuni” doirasida ertalabdan institut hovlisida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi, jismoniy mashqlar bajarildi. Institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ushbu sog‘lom hayot targ‘ibotiga bag‘ishlangan tadbirda faol ishtirok etdilar.
Bu kabi sport mashg‘ulotlari sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollikni oshirish, jamoada birdamlik va hamjihatlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Sog‘lom hayot sari birgalikda!
🌐Web-sayt 📱Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📱You tube

Institutning rasmiy sahifalari